Сайт активно наполняется и развивается. Оформление заказа в тестовом режиме. Если у вас возникли вопросы обратитесь к менеджеру по номеру телефона 998(55)503 42 24
Reklama mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan AntelArt korxonasi 2010-yilda kichik reklama agentligi sifatida tashkil etilgan va ushbu kompaniya oz fursat ichida ishlab chiqarish potensialini yetarlicha rivojlantira oldi. Bugungi kunga kelib kompaniya quyidagilarga ega: 1. Chop etilgan mahsulotni mahkamlash uchun mо‘ljallangan metall prujina va rigellarni ishlab chiqarish faoliyati. 2. Banner chop etish imkoniyatini beruvchi “Konica Minolta” turkumidagi raqamli uskunalarning yangilangan tо‘plami. AntelArt tezkor chop etish xizmati mijozlarning tashrifnoma va kataloglardan tortib logotip tushirilgan futbolka va yil taqvimlarigacha bо‘lgan katta kо‘lamli ehtiyojlarini qondira oladi. 3. Kengformatli chop etish kompaniyaning asosiy ish kо‘lamini tashkil qiladi. Tashqi reklamaning 75-80%i aynan shu ishlab chiqarish hissasiga tо‘g‘ri keladi. 4. Lazerli kesish va gravyuralash, frezalash va payvandlash ishlari ham hajmli harflar, kо‘rgazma stendlari, suvenir mahsulotlari va h.k larni ishlab chiqarishda muhim hisoblanadi. AntelArt korxonasi mijozning fikri mukammal matbaa asariga aylanishi uchun matbaa jarayonlarning butun majmuasini bajara oladi. Bevosita ishlab chiqaruvchi sifatida biz sifatli va tezkor xizmatimizni taklif etamiz. Biz mijozlarimiz uchun zarur bо‘lgan barcha narsalarni – tashrifnomalardan tortib to bilbordlargacha bо‘lgan mahsulotlarni tez, sifatli va hamyonbop narxlarda chop qila olamiz. Bizning korxonamizning yuqori malakali chop etuvchi mutaxassislari, ish yurituvchi menejerlari mijozlar haqida qayg‘urishadi va istalgan payt murojaatlarni qabul qilishadi. Biz erishilgan yutuqlarimizda tо‘xtab qolmaymiz, biz har doim olg‘a intilamiz!